Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

LivandagiHizbulloh” harakati yetakchisi Hasan Nasrulloh Eronning Quds kuchlari qo‘mondoni Ismoil Qaaniga “Hizbulloh” Isroil bilan urush boshlansa, yakka o‘zi jang qilishini aytgan va Tehronni aralashmaslikka chaqirgan, deb xabar berdi Reuters.

Foto: Shutterstock 

Nashrga ko‘ra, Nasrulloh va Qaani o‘rtasidagi uchrashuv fevral oyida Bayrutda bo‘lib o‘tgan va 2023-yil 7-oktyabrdan beri uchinchi uchrashuv bo‘lgan.

Uchrashuvda Isroilning Livanga keng ko‘lamli hujumi ehtimoli mavzusi ko‘tarilgan. So‘nggi besh oy ichida Isroilning ashaddiy dushmani “Hizbulloh” Isroilning shimoliy chegarasi bo‘ylab cheklangan raketalar otish orqali HAMASni qo‘llab-quvvatlagan. Bunday keskinlashuv Eronni avvalgilaridan kuchliroq javob berishga majbur qiladi. Ammo Nasrulloh Qaaniga Eronning Isroil yoki AQSH bilan urushga tortilishini istamasligini va “Hizbulloh” o‘zi jang qilishini aytgan.

Bu bizning urushimiz, — deb aytgan Qaani Nasrulloh.

Fevral oyi oxiridan beri Isroil armiyasi Livan sharqida Baalbek shahri atrofida hujumlarni kuchaytirgan. Baalbekning tashkilot uchun strategik ahamiyati faqat raketalar bilan cheklanib qolmaydi, balki u Suriya va Eron o‘rtasidagi bog‘lovchi hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Hizbulloh” uchun o‘q-dori va qurol olib ketayotgan yuk mashinalari deyarli har kuni Suriya bilan sharqiy chegaradan o‘tib, Erondan quruqlik orqali keladi. Shuningdek, Baalbekda og‘ir va uzoq masofaga mo‘ljallangan raketa qurollari va o‘q-dorilari uchun ko‘plab omborxonalar, shuningdek, dronlarni ishlab chiqarish zavodlari mavjud. Bundan tashqari, Baalbek chekkasida, Hermel va Ayun as-Simon shaharlari yaqinida “Hizbulloh” jangarilari uchun o‘quv lagerlari joylashgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »