Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil va Livandagi “Hizbulloh” guruhi o‘rtasidagi keskinlik kuchayishi munosabati bilan, muammoga diplomatik yechim topish uchun o‘z vakilini Bayrutga jo‘natdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Foto: AP News

Xabarda aytilishicha, Baydenning bosh maslahatchisi Amos Xochshteyn 4-mart kuni Bayrutda matbuot anjumanida ishtirok etgan. Maslahatchi yig‘ilishda Isroil shimolidagi yangi keskinlik Livan va Isroil xalqining manfaatlariga mos kelmasligini, cheklangan ko‘lamdagi passiv urush nazoratdan chiqib ketishi mumkinligini maʼlum qilgan.

Amos Xochshteyn “Hizbulloh” va Isroil o‘rtasida jangovar harakatlar boshlanganidan beri Livanga bir necha bor tashrif buyurgan. Isroil va Livan chegarasida davom etayotgan jangovar harakatlarga diplomatik yechim topish uchun Livanning yuqori martabali rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazgan.

Xabarga ko‘ra, AQSH maʼmuriyati Isroilning Livanga quruqlikdan bostirib kirishni rejalashtirayotganidan xavotirda. Agar diplomatik saʼy-harakatlar “Hizbulloh”ni Isroil bilan keskinlikdan qaytara olmasa, Yaqin Sharq mojarosi kuchayishi mumkin. Bu esa qo‘shimcha kuch va resurslar yo‘naltirilishini taqozo etadi.

Avvalroq Livandagi “Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrulloh Isroil bilan janglarni to‘xtatishga qaratilgan xorij saʼy-harakatlariga raddiya bergan edi. Bunga sabab sifatida esa g‘arbliklarning taklifi G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga emas, balki Isroil xavfsizligiga qaratilgani keltirilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »