Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroilning Dayr al-Balohda yordam tarqatuvchi yuk mashinasiga bergan zarbasi oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, ko‘plab odamlar yaralandi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Foto: Anadolu

Hodisaga guvoh bo‘lganlardan biri hudud raketalar bilan o‘qqa tutilgani, shrapnellar uchib ketgani, halok bo‘lganlarning tana a’zolari havoda uchganini aytmoqda.

Yuk mashinalari gumanitar yordam olib ketayotgan edi va unda ko‘ngilli fuqarolar ham bo‘lgan. Ular bombardimonlar sababli ko‘chirilgan G‘azo aholisiga oziq-ovqat olib kelishayotgan edi, Dayr al-Baloh xavfsiz hudud hisoblangandi, — deydi u.
Foto: Anadolu

Isroil harbiylaridan hozircha hech qanday izoh berilmagan. So‘nggi bir necha kun ichida G‘azo shahridagi Kamol Advan kasalxonasida kamida 15 bola to‘yib ovqatlanmaslik va suvsizlanishdan vafot etgan. 

Agar urush tugamasa va gumanitar yordam yo‘lidagi to‘siqlar zudlik bilan hal etilmasa, halok bo‘lganlar soni tezlikda ortishi mumkin, — deydi UNICEF’ning mintaqaviy direktori Adele Xodr.
Foto: Anadolu
Foto: Anadolu
  • 29-fevral: Isroil askarlari G‘azo janubi-g‘arbida oziq-ovqat yordamini kutayotgan odamlarga qarata o‘t ochishi oqibatida kamida 112 falastinlik halok bo‘ldi va yuzlab odamlar yaralandi. Isroil armiyasi odatdagiday falastinliklar tiqilinch sababli o‘lganini da’vo qildi.
  • 26-fevral: Isroil kuchlari G‘azo shahrida oziq-ovqat olib kelayotgan yuk mashinalarini kutayotgan olomonni o‘qqa tutishi oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi. 

AQSH vitse-prezidenti Kamala Harris G‘azo sektorida “zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish”ga chaqirdi

G‘azo sektoridagi ulkan azob-uqubatlarni inobatga olgan holda, hech bo‘lmaganda keyingi olti hafta davomida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish kerak va hozirda bu ko‘rib chiqilmoqda, — dedi Harris.

U “zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish”ga chaqirishdan tashqari, Isroilni G‘azo sektoridagi “gumanitar falokat”ni yumshatish uchun yetarli harakat qilmayotganlikda aybladi. Falastin rasmiylariga ko‘ra, 7-oktyabrdan beri Isroilning G‘azoga qarshi urushida 30 400 dan ortiq odam, asosan, ayollar va bolalar halok bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »