Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2-mart kuni Isroil harbiylarining havo hujumlari natijasida G‘azoda kamida 17 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘lgan. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Foto: CNN

Xabarga ko‘ra, bu galgi hujumda Isroil havo kuchlari asosan G‘azodagi Dayr al-Baloh va Jabaliya obyektlarini nishonga olgan. Harbiylar hujum oldidan ogohlantirish signali bermagan.

Qurbonlarning 15 nafari Dayr al-Balohdan va 2 nafari Jabaliyadan topilgani xabar berilgan. Havo hujumlari aholi uylariga qaratilgani oqibatida oddiy xalq vakillari halok bo‘lgan.

So‘nggi hujum oqibatida 50 dan ortiq odam yaralangani aytilgan. 70 dan ortiq g‘azolik xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.

Maʼlumot o‘rnida, G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi 2-mart kuni G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 30 320 nafarga yetganini maʼlum qilgandi. 71,533 nafar g‘azolik jiddiy jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »