Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil armiyasi 2-mart kuni Rafahdagi qochqinlar lageriga hujum uyushtirdi. Hujum oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Foto: BBC

Hujum Rafahning Tal Al-Sulton aholi punktidagi tug‘uruqxona darvozasi oldida joylashtirilgan chodirlarda boshpana topgan g‘azoliklarga nisbatan uyushtirilgan. G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi bildirishicha, hujumda 50 ga yaqin odam, jumladan, bolalar jiddiy jarohat olgan.

CNN nashri izoh uchun Isroil mudofaa kuchlari bilan bog‘lanishga uringan. Ammo Isroil harbiylari jurnalistlar so‘roviga javob bermagan.

Eslatib o‘tamiz, 2-mart kuni Isroil havo kuchlari G‘azodagi Dayr al-Baloh va Jabaliya hududlarini nishonga olgan edi. Bu hujumlarda 17 kishi halok bo‘lgani va 50 ga yaqin falastinlik jarohatlangani xabar qilingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »