Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda benzin importi savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar sohadagi 7 ta muammoni aytib o‘tdi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi

Foto: Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi axborot xizmati

Xabar berilishicha, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida qo‘mita rahbariyati boshchiligida respublikada faoliyat yuritayotgan benzin importi savdosi bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan sohadagi mavjud tizimli muammolarni aniqlash va import imkoniyatlarni oshirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan “ochiq muloqot” o‘tkazildi.

Uchrashuvda sohada mavjud tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, xususan, avtomobil benzini importini oshirish masalalari muhokama qilindi. Jumladan, tadbirkorlar quyidagi muammolarni aytib o‘tdi:

  • avtomobil benzini importi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun banklar tomonidan ajratilgan kredit yuklamasi yuqoriligi;
  • logistika narxlari yuqoriligi, Rossiyadan Keles chegarasigacha bo‘lgan masofa (1700 km)da benzinning bir tonnasi uchun 150 dollar bo‘lgan bir paytda ichki temiryo‘l orqali tashish xizmati 8-10 km uchun 15-20 dollarni tashkil etishi;
  • import qilingan va Rossiya tomonidan benzin mahsuloti barcha standartlarga to‘g‘ri kelishi va sifati talabga javob berishi yuzasidan hujjatlar borligiga qaramay, respublikaga olib kirganda qo‘shimcha majburiy sertifikatlashdan o‘tkazish;
  • import qilingan benzin mahsuloti uchun QQS to‘lovini to‘lash muddati qisqaligi;
  • import qilish niyatida xorijiy davlatlarga pul mablag‘larini o‘tkazib berganda, ushbu mablag‘lar geosiyosiy vaziyatlardan kelib chiqib taqiqlarga tushib qolgan vaqtlarda mahsulot o‘z muddatida yetib kelmasligi kuzatilgan. Ayni shu davrda mahsulot realizatsiya qilinmagan, biroq mablag‘lar o‘tkazilganligi uchun soliqqa tortilishi holatlari;
  • importyorlar katta hajmlarda benzin mahsulotini olib kirganda, ularni saqlash uchun sig‘imlar mavjud emasligi hamda mavjud bo‘lgan sig‘imlar ijarasi qimmatligi;
  • importyorlar Turkmanistondan benzin mahsulotini xarid qilish jarayoni juda ko‘p vaqtni talab qilishi, natijada aylanma pul mablag‘lari muzlab qolishi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »