Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qoraqalpog‘istondagi 7 ta zapravkada sifatsiz benzin sotilgani aniqlanib, chora ko‘rildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Ma’lum qilinishicha, aholini sifatli benzin mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ish yurituvchi “Rafs” SICHK, “Ruxshona Hamid” MCHJ, “Suvinshoatgazqurilish” XK, “Imkon-Hamkor” XK, “Ruslan” FX, “To‘rtko‘lli Bunyod Oil” MCHJ hamda “Gulnora Gaz Servis” MCHJlarga qarashli AYQSHlarda yoqilg‘i mahsulotlari sifatini o‘rganish bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.

Ushbu yonilg‘i quyish shoxobchalaridan benzin mahsulotlari xarid qilinib, belgilangan tartibda tegishli laboratoriyalarga taqdim etilgan. Laboratoriya tahlillari 7 ta xizmat ko‘rsatuvchi shoxobchaning benzin mahsulotlarini sifatsizligi bo‘yicha xulosa bergan.

Mazkur xulosaga ko‘ra yonilg‘i quyish shoxobchalaridan namuna olingan Ai-92 benzinning tarkibidagi oktanning normativ hujjat talabiga ko‘ra 92,0 bo‘lishi kerakligi, lekin tekshirish natijasida ushbu ko‘rsatkich shoxobchalardan olingan namuna yoqilg‘i mahsulotlarida  90 ga ham yetmagani, sifat talabiga javob bermasligi aniqlangan.

Qo‘mita tomonidan olib borilgan o‘rganishlardan ma’lum bo‘lishicha, AYQSHlarda 2023-yil Ai-92 markali sifatsiz jami 26 ming litrdan ziyod avtobenzin sotilgan, buning natijasida iste’molchilarga jami 277 million so‘m zarar yetkazilgan.

O‘tkazilgan tekshirish natijalari bo‘yicha qo‘mitaning maxsus komissiyasi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining tegishli moddasi talabi buzilishi holatlari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, qaror, ko‘rsatmalar berilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »