Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Andijon viloyatida faoliyat olib borayotgan kuz-qish shtabiga benzin sifati va uning yetishmovchiligi bo‘yicha muroajatlar ko‘paygan. Bu haqda Andijon viloyati hokimining matbuot kotibi Muslimbek Ibrohimov maʼlum qildi.

Muslimbek Ibrohimovning aytishicha, viloyat hududiga 500 tonna Ai-80 markali benzin keltirilgan bo‘lsa-da, haydovchilardan ushbu turdagi benzin yetishmayotgani haqida shikoyatlar kelib tushmoqda.

Murojaatlar nazoratga olinib, tegishli mutasaddi va organlar tomonidan o‘rganligani. Natijada 7 ta AYQSHda shunday holat aniqlangan va ularga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rilishi taʼminlangan, – dedi viloyati hokimining matbuot kotibi.

“Energiyainspeksiya” Andijon hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sirojiddin Muhtorovning maʼlum qilishicha, 14-15-dekabr kunlari Andijon shahri va Andijon tumanidagi AYQSHlardan olingan 17 ta namunadan 7 tasida belgilangan meʼyorlarga javob bermagani aniqlangan.

Qo‘shimcha qilinishicha, viloyatning boshqa shahar va tumanlarida ham shunday o‘rganishlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Noyabr oyi boshida O‘zbekistondagi AYQSHlarda 6,1 mln litr sifatsiz benzin aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda sifatsiz benzin sotgan va narxni asossiz oshirgan qator AYQSHlarga benzin xarid qilishga cheklovlar o‘rnatilgan

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »