Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona vodiysi viloyatlariga benzin hajmi oshiriladi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Ma’lum qilinishicha, vodiydagi gaz zapravkalar faoliyatiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar sababli Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida benzinga bo‘lgan talab taklifga nisbatan keskin oshdi.

Yuzaga kelgan mazkur ortiqcha talablarni qondirish maqsadida bugungi kunda Buxoro va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlarining avtobenzin ishlab chiqarish quvvatlari 3,3 ming tonnadan 4 ming tonnaga oshirildi yoki o‘rtacha kunlik 700 tonna qo‘shimcha avtobenzin ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, Rossiyadan import asosida SDK Group And korxonasi tomonidan olib kelinayotgan Ai-92 K5 rusumidagi avtobenzin hajmi oshirildi. Bu bilan ichki bozorda birja savdolariga chiqariladigan avtobenzin miqdori savdosini oshirishga erishildi.

Yuqoridagilardan tashqari, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan avtobenzinning asosiy qismi Farg‘ona vodiysi iste’molchilariga yetkazib berilishi ta’minlanmoqda.

Iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida Farg‘ona vodiysida Call-markaz ishga tushirildi. Endi iste’molchilar haftaning 7 kuni davomida soat 08:00 dan 20:00 gacha neft bazalar bilan bog‘lanib, avtobenzin ta’minoti bo‘yicha ma’lumot olishi mumkin:

  • Andijon viloyati — (90) 759-00-27;
  • Namangan viloyati — (97) 251-70-00;
  • Farg‘ona viloyati — (73) 244-78-80.

Qayd etilishicha, 13-dekabr kuni “O‘zbekneftgaz” tomonidan Farg‘ona vodiysidagi AYQSHlarga jami 929 tonna jumladan, Andijon viloyatida 503 tonna, Namangan viloyatida 202 tonna va Farg‘ona viloyatida 224 tonna avtobenzin yetkazib berildi.

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “Daryo” nashriga bergan intervyusida Metan zapravkalarda taqchillik kuzatilsa, unga teng miqdorda bozorga benzin chiqarilishini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »