Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Hududgazta’minot” 12-dekabr kuni respublika hududi bo‘ylab gaz ta’minotida yuzaga kelgan avariyalar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bular:

  • Navoiy viloyati “Sho‘rtepa” MFYdagi o‘rta bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqishi holati aniqlangan;
  • Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi “Yangi hayot” GTSda o‘rta bosimli yer osti gaz quvurida gaz sizib chiqishi holati qayd etilgan;
  • Sirdaryo viloyatining Xovos tumani “Xovosobod” MFYdagi yuqori bosimli gaz quvurida payvand choki yorilishi natijasida gaz sizib chiqishi kuzatilgan;
  • Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 6-mitti tuman hududidagi yuqori bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqish holati kuzatilgan;
  • Andijon viloyatining Ulug‘nor tumani “Yangiobod” MFYdagi yuqori bosimli gaz quvurida avariya holati kuzatilgan;
  • Buxoro viloyatining Vobkent tumanida “Qo‘qin”, “Guliston”, “Arabxona”, “Shoxnigor”, “Shirin”, “Chorbog‘kent”, “Panob” va “Hajuvon” MFYlarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi o‘rta bosimli gaz quvurida avariya holati kuzatilgan;
  • Buxoro shahrining “Gulchorbog‘” va “Qalqon” MFYlarini tabiiy gaz bilan taʼminlovchi o‘rta bosimli gaz quvurida nosozlik kuzatilgani sabab, 700 isteʼmolchiga vaqtincha gaz taʼminoti to‘xtatilgan. 

Qayd etilishicha, yuqoridagi barcha holatlar tegishli mas’ullar tomonidan bartaraf etilib, gaz ta’minoti tiklangan.

Aholi isteʼmolchilarida uzilishlarni oldini olish maqsadida bugun, 13-dekabr kuni poytaxt, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi AGTKSHlarning faoliyatida qo‘shimcha cheklovlar kiritilgan. Hozirgi vaqtda belgilangan grafik bo‘yicha 1179 tadan 547 AGTKSH ishlamoqda.

“Hududgaztaʼminot” AJ fuqarolardan gaz jihozlaridan faqat birlamchi zaruriyatlar uchun foydalanishni, uydan chiqib ketayotganda imkon qadar isitish jihozlarini o‘chirishni so‘raydi.

Bundan avval Andijon, Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘istondagi metan zapravkalar faoliyatiga cheklov o‘rnatilgandi. Birinchi navbatda aholi, shifoxona, maktab hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti kabi ahamiyatga ega muassasalarning tabiiy gaz ta’minoti barqarorligini ta’minlash maqsad qilingan. 12-dekabrdan gaz zapravkalarning ish vaqtiga o‘zgartirishlar kiritilib, soat 06:00 dan 12:00 gacha etib belgilandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »