Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya hukumati mamlakat fuqarolarini saylov kuni miting va namoyishlar tashkil etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida ogohlantirdi. Bu haqda The Moscow Times nashri xabar berdi.

Foto: Vtimes

Xabarda aytilishicha, Kremlning marhum tanqidchisi Aleksey Navalniy tarafdorlari 17-mart kuni saylov uchastkalariga borib, namoyishlar tashkil etishni rejalashtirgan. 17-mart Rossiyada prezidentlik saylovida ovoz berishning so‘nggi kuni hisoblanadi. Ushbu kunda rus muxolifati saylanishga nomzodlar orasida mamlakatni boshqarishga munosib nomzod yo‘qligini sabab qilib, saylov jarayonlariga xalaqit qilishni rejalashtirgani aytilgan.

Moskva hukumati Vladimir Putinga qarshilik bildirishga qaratilgan namoyishlarda qatnashganlarni jinoiy javobgarlikka tortish bilan tahdid qilgan. Ushbu tartibga qarshi chiqib, olomon tashkil qilganlar qonun oldida javob berishi maʼlum qilingan.

Hukumat bayonotiga ko‘ra, norasmiy manbalar ruslarni saylov uchastkalarida g‘alayon ko‘tarishga undab, chaqiriqlar qilmoqda. Ushbu harakatlarga qarshi esa hukumat jiddiy kurashishni maqsad qilgan.

Rasmiy idoralar namoyishchilarga nisbatan Jinoyat kodeksi 141-moddasini ishga tushirishni reja qilgani aytilgan. Unga ko‘ra, Rossiyada saylovga yoki fuqarolarning saylov huquqlariga to‘sqinlik qilish besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

“Ushbu ommaviy tadbirlarni tashkil etish va unda ishtirok etish amaldagi qonunchilikka muvofiq jazolanadi”, — deyiladi hukumat rasmiy bayonotida.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »