Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyada 15-mart kuni prezidentlik saylovi boshlandi, amaldagi prezident Vladimir Putinga uch kishi raqiblik qilmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ovoz berish uch kun davom etadi va hududlarning uchdan birida elektron shaklda o‘tkaziladi. Ukrainaga bostirib kirishni tanqid qilib, urushni tugatish tarafdori bo‘lgan jurnalist Yekaterina Duntsova, “Fuqarolik tashabbusi” partiyasidan siyosatchi Boris Nadejdin nomzodi rad etilgandi.

Ushbu saylovlarda uch nomzodga Putin bilan “raqobatlashish”ga ruxsat berilgan:

  • Rossiya Kommunistik partiyasidan deputat Nikolay Xaritonov;
  • Rossiya Liberal demokratik partiyasidan Leonid Slutskiy;
  • “Yangi odamlar”dan duma vitse-spikeri Vladislav Davankov.

Mazkur nomzodlardan hech biri Ukrainadagi urushni qoralamaydi yoki Putinni bevosita tanqid qilmaydi. Saylovda ovoz berishning yagona intrigasi nomzodlardan qaysi biri qanday natija bilan ikkinchi o‘rinni egallashidir. 

Vladimir Putin beshinchi muddatga prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilishini 8-dekabr kuni ma’lum qilgandi, u 18-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarni topshirgandi. 

Nomzodlar haqida qisqacha

Vladimir Putin beshinchi muddatga prezidentlikka nomzod sifatida qatnashmoqda. Ikki yil oldin u Ukrainaga “maxsus harbiy operatsiya”, ya’ni urush boshlashni buyurgandi. 2023-yilda Xalqaro jinoiy sud Putinni ukrainalik bolalarning deportatsiyasi bilan bog‘liq holda hibsga olish uchun order bergan. O‘zining avvalgi muddati davomida u Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritib, o‘zining prezidentlik muddatini nollashtirgan.

Foto: “RIA Novosti”‘

Ehtimol, saylovda 80 foizga yaqin ovoz bilan g‘alaba qozonadi. Amaldagi qonunlar Putinga 2036-yilgacha hokimiyatda qolishiga imkon beradi.

Nikolay Xaritonov

Rossiya Kommunistik partiyasining 75 yoshli faxriysi, 20 yildan ortiq tajribaga ega Davlat Dumasi deputati. Xaritonovning saylovoldi tashviqotining yagona hayratlanarli tomoni uning uzoq yillik partiya rahbari Gennadiy Zyuganov o‘rniga saylanish uchun ko‘rsatilishi bo‘ldi.

Foto: Nikolay Xaritonov / “Vedomosti”

Intervyuda u jurnalistlarga nima uchun Vladimir Putindan yaxshiroq ekanini ayta olmasligini aytdi va Rossiya prezidentini tanqid qilmaslikka va’da berdi. 2022-yilda u G‘arb sanksiyalariga uchragan, Ukrainaning “denazifikatsiyasini” qo‘llab-quvvatlagan.

Leonid Slutskiy

Rossiya Liberal demokratik partiyasidan rahbar etib Vladimir Jirinovskiy o‘rnini egalladi. So‘nggi sakkiz yil davomida u Dumaning Xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasini boshqarib kelgan. U bosib olingan Qrimga Yevropadan delegatsiyalarning tashrifini uyushtirgan. Shuning uchun u 2014-yilda G‘arb sanksiyalariga uchragan. Slutskiy Ukrainaga bostirib kirishni qo‘llab-quvvatlagan.

Foto: Leonid Slutskiy / “Parlamentskaya gazeta”

2018-yilda bir qancha jurnalistlar, jumladan, BBC muxbiri uni jinsiy zo‘ravonlikda ayblagan. Nomzodning butun kampaniyasi marhum  Jirinovskiyning shaxsiga qaratilgan.

Vladislav Davankov

Yangi partiyaning yangi yuzi. U Faberlic asoschilaridan biri. 2023-yilda Moskva merligiga saylovlarda qatnashib, 5 foizdan sal ko‘proq ovoz to‘plagan. Ukraina bilan urushda u “ruscha shartlar” asosida “tinchlik va muzokaralar” tarafdori bo‘lgan.

Foto: “TASS”

Ukraina hududlarining anneksiya qilinishini yoqlab ovoz bergan va  buning uchun u xalqaro sanksiyalar ostida qolgan. Saylovlar arafasida u Rossiya muxolifatining bir qismi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Davankov Kreml siyosatiga qarshi chiqqan rossiyaliklar uchun eng maqbul nomzod deb ko‘riladi. Marhum Aleksey Navalniy tarafdorlari bunga qo‘shilmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »