Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha rasmiylari Rossiyaning ehtimoliy hujumiga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi. Poytaxt Varshavada bombapanohlar qurish uchun 117 million zlotiy (30 million yevro) sarflanadi. Bu haqda shahar meri Rafal Tshaskovkiyga tayanib, Politico xabar berdi.

Foto: Getty Images

Bombapanalarini qurish yaqin 2-3 yil ichida amalga oshirilishi kutilmoqda. Oxirgi oylarda yevropalik siyosatchilar, razvedkachilar va harbiy amaldorlar Rossiyaning 3-5-8 yil ichida NATO davlatlariga zarba berishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Bombapanohlarni qurish Varshavaning “har qanday voqealarga tayyorlanishga imkon beradigan” katta sarmoya kiritish strategiyasining bir qismidir. “Varshava himoya qiladi” dasturi doirasida kasalxonalarni favqulodda vaziyatlarda ishlashga tayyorlash va aholi uchun trevoga mashg‘ulotlari o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

“Varshava rasmiylari yaqinda mavjud bombapanohlarni tekshirdi va fuqarolarning bor-yo‘g‘i 4 foizi bombardimonlardan saqlanishi mumkinligi aniqlandi”, — deb yozadi Politico.

Shuningdek, yerosti avtoturargohlari va metro bekatlaridan boshpana sifatida foydalanish rejalashtirilgan, ammo buning uchun ularni qo‘shimcha jihozlash, jumladan, suv va zaxira elektr energiyasi bilan ta’minlash kerak.

“Umuman olganda, 7 million kvadrat metr maydonga ega binolarni qisman o‘zgartirish mumkin”, — dedi poytaxt meri.

Ukrainaning Kiyev va Xarkov rasmiylari ham fuqarolarni Rossiya hujumlaridan qutqarish uchun metrodan faol foydalanmoqda.

Polsha prezidenti 12-mart kuni amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan uchrashuvidan keyin Rossiyaning boshqa davlatlarga ham hujum qilish ehtimoli haqida gapirgandi.

“Agar Ukraina Rossiyaga qarshi urushda yutqazishiga qo‘yib berilsa, Vladimir Putin boshqa davlatlarga ham hujum qiladi”, — degan edi Anjey Duda.

O‘z navbatida, Putin rus teleboshlovchisi Dmitriy Kiselyovga bergan intervyusida Rossiya texnik jihatdan yadro urushiga tayyor ekanini va agar o‘z suverenitetiga tahdid ko‘rsa, yadro qurolidan foydalanishini aytgandi.

Polsha tinch aholisini Rossiya bilan ehtimoliy harbiy to‘qnashuvga tayyorlay boshlagan birinchi davlat emas. Ruminiya o‘z hududidan jangovar dronlar qoldiqlari topilganidan so‘ng Ukraina bilan chegara yaqinida bombapanohlar qurishni boshladi.

  • Bir necha kun oldin Germaniya shaharlari va munitsipalitetlari uyushmasi aholini ehtimoliy urushdan himoya qilish uchun milliardlab yevrolik bunkerlarni ta’mirlash bo‘yicha federal loyihani amalga oshirishga chaqirgan.
  • Fevral oyida Boltiqbo‘yi davlatlari Rossiya va Belarus bilan chegaralarida, birinchi navbatda, bosqin sodir bo‘lgan taqdirda, askarlarni xavfsiz saqlash uchun mingdan ortiq beton bunkerlar qurishga qaror qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »