Qozog‘iston respublikasining gerbi 1992-yil 4-iyunda tasdiqlangan. Shundan so‘ng u bir necha bor o‘zgartirilgan. Avvalroq Qozog‘istonda “Jana Adamdar” yoshlar harakati mamlakat aholisini yangi gerb haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirgan edi. 

“Gerb kompaniya logotipi ham, esdalik nishoni ham, emblema ham emas. Gerb ko‘proq narsani anglatadi. Bu taqdir. Biroq hozirda biz qo‘llayotgan gerb kelajakka yo‘nalishni bildirmaydi, qadriyatlarimiz haqida gapirmaydi. So‘rovda qatnashgan qozog‘istonliklarning 70 foizi uni tanimagan”, — degan edi “Jana Adamdar” yoshlar harakati.