Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi maktabda o‘qituvchidan norozi ota-onalar Bolalar ombudsmaniga shikoyat qildi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Aytilishicha, Bolalar ombudsmani qabuliga fuqaro J.E. kelib, Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 103-sonli umumta’lim maktabi 6-sinf o‘quvchilarining ota-onalari tomonidan yozilgan jamoaviy ariza bilan murojaat qilgan. Unda ota-onalar mazkur maktabning matematika o‘qituvchisi Y.P. dars jarayonida bolalarni nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilishi, shuningdek, ularning sha’ni va qadr-qimmatiga daxl qilayotganini bildirib, o‘qituvchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mazkur holatni atroflicha o‘rgandi. Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari tomonidan 103-sonli umumta’lim maktabi rahbariyati, maktab psixologi hamda matematika fani o‘qituvchisi Y.P. bilan suhbat o‘tkazilib, o‘quvchilar bilan muloqot vaqtida ovoz ohangini ko‘tarmasligi, o‘quvchilarning shaxsiyatiga tegmasligi, ularning sha’ni va qadr-qimmatiga daxl qilmasligi yuzasidan qat’iy ogohlantirish berildi. 

Shuningdek, Y.P. ga maktab direktori tomonidan intizomiy chora qo‘llanilib, ushbu sinf o‘quvchilariga matematika fanidan boshqa o‘qituvchi biriktirildi. Murojaat qilgan ota-onalarga holat yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot berildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »