Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 26-turida “PSJ” 17-mart, yakshanba kuni “Monpelye”ga qarshi bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 14-daqiqasida parijliklar futbolchisi Vitinya hisobni ochdi. 22-daqiqada Kilian Mbappe hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 30-daqiqaga kelib, Nordin javob golini urdi. Birinchi bo‘lim oxirida Savanye penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi. 

Ikkinchi bo‘lim boshida Mbappe yana gol urib, parijliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Li Kan In ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 63-daqiqada Kilian het-trikni rasmiylashtirdi. O‘yin so‘ngida Mendesh ham darvozani ishg‘ol qildi va “PSJ” 6:2 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

Luis Enrike shogirdlari ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 59 taga yetkazdi va musobaqa peshqadamligini yanada mustahkamladi. 2-o‘rinda borayotgan “Brest” hisobida 47 ta gol mavjud. 


Liga 1

26-tur bahsi

17-mart, yakshanba

“Monpelye” – “PSJ” 2:6

Gollar: 0:1 – 14 Vitinya, 0:2 – 22 Mbappe, 1:2 – 30 Norden, 2:2 – 45 Savanye (penalti), 2:3 – 50 Mbappe, 2:4 – 53 Li Kan In, 2:5 – 63 Mbappe, 2:6 Mendesh.

“Monpelye”: Berto, Tshato, Kuyate, Omeragich, Davin (Sako, 70), Savanye, Ferri, Kulibali (Adams, 59), Lerua, Norden (Fayyad, 60), Hazri (Al-Tamari, 59).

“PSJ”: Donnarumma, Hakimi, Danilu Pereyra, Lukas Beraldo (Mukiele, 69), Ernandes (Mendesh, 46), Ugarte, Vitinya, Li Kan In (Meyulyu, 70), Barkolya (Zair-Emeri, 62), Mbappe, Kolo-Muani (Gonsalu Ramush, 62).

Ogohlantirishlar: Lukas Beraldo (38), Donnarumma (45), Mendesh (72).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »