Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“PSJ” prezidenti Kilian Mbappening jamoadan ketishi borasidagi savollarga javob berdi.

Foto: Getty Images

Avvalroq, Fabrisio Romano 25 yoshli hujumchi klubni tark etishga qaror qilgani haqida xabar bergandi.

5-mart, seshanba kuni “PSJ” “Real Sosyedad”ni mag‘lub etdi (2:1) va Chempionlar Ligasi 1/4 finaliga yo‘l oldi. Mbappe uchrashuvda dubl muallifiga aylandi.

“Mbappening ketishini tasdiqlaymanmi? Klub hali bayonot bermadi, men ham hech narsa demayman. U klubda, u ishlayapti va shartnomamiz bor. Lekin biz kelajak uchun reja tuzyapmiz!

Menimcha, biz yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Har bir futbolchi hamma uchun o‘ynadi, mana shu biz xohlagan narsa. O‘zimizdan faxrlanamiz. 

Mbappe almashtirib bo‘lmas futbolchimi? U dunyoning eng yaxshilaridan biri. Lekin butun jamoa juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. 2 ta gol urdi, men uchun Kilian dunyoning eng yaxshisi”, — deb aytib o‘tdi Nosir al-Helayfi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »