Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Monpelye” va “PSJ” jamoalari to‘qnash keldi. O‘yin “Stad de la Mosson” stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mehmonlar yirik hisobda zafar quchdi (2:6).

Foto: Getty Images

Parijliklar tarkibida hujumchi Kilian Mbappe uchta gol urdi. U hozirda 188 gol bilan Fransiya chempionati to‘purarlari ro‘yxatida 8-o‘rinni egallab turibdi. Bunga erishish uchun Fransiya terma jamoasi sardoriga 241 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Kilian Mbappe 425 ta o‘yinda 187 ta gol urgan “Lion” va “Srvena Zvezda”ning sobiq hujumchisi Flori Di Nallodan oldinga o‘tib oldi.

Ro‘yxatda Mbappedan oldingi o‘rinda “Nim”, “Nitssa” va “Rasing” klublarining sobiq hujumchisi Yozef Uylaki turibdi. U 438 uchrashuvda 190 ta gol urishga erishgan.

Liga 1 tarixidagi eng yaxshi to‘purar 299 ta gol urgan Delio Onnis hisoblanadi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »