Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 17-mart kuni Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashgandan so‘ng Isroil armiyasining (SAXAL) avvalroq e’lon qilingan G‘azo sektoridagi Rafahga hujumini kechiktirishga tayyorligini aytdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Foto: Reuters

Malum bo‘lishicha, uchrashuvda kansler Isroilni o‘t ochishni uzoqroq muddatga to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borishga chaqirgan.

Isroilning maqsadi “HAMAS batalyonlarini yo‘q qilish” bo‘lib qolaveradi, — dedi Netanyaxu Shols bilan uchrashuvda.

Sholsning ta’kidlashicha, hozirda G‘azoning janubi-g‘arbiy qismidagi shaharda 1,5 million odam o‘ta og‘ir sharoitda yashamoqda va himoyaga muhtoj. Kansler Netanyaxuga tinch aholi orasida qurbonlarning ko‘pligini ham ta’kidlagan. AFPga ko‘ra, Shols shuningdek, insonparvarlik yordami bilan bog‘liq vaziyatni sezilarli darajada yaxshilashga intilmoqda.

Germaniya kansleri Iordaniya va Isroilga ikki kunlik safari oldidan insonparvarlik yordami yetkazilishini taʼminlash uchun G‘azodagi harbiy harakatlarni tezroq to‘xtatishga chaqirgan edi. 

Shu bilan birga u Isroilni Rafahda harbiy operatsiya o‘tkazishdan yana bir bor qaytarishga uringan.

Biz keyingi harbiy harakatlardan xavotirdamiz. Xususan, Rafahga hujum tinch aholi vakillari orasida qurbonlar ko‘payishiga olib kelishi mumkin, har qanday holatda ham buning oldini olish kerak, — deya qo‘shimcha qilgan Shols.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »