Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shifokor endokrinolog Aleksey Jito oshqozon-ichak faoliyatining uzluksiz ishlashini qanday ta’minlash kerakligi haqida Telegram’da maqola yozib qoldirdi, deb yozadi Sports.kz nashri.

Foto: Harward Health
Oshqozoningizga yordam bering: quyidagi kundalik odatlar tufayli oshqozon faoliyati doim normal holatda ishlaydi, — deyiladi xabarda.

Shifokorning tavsiyasiga ko‘ra:

  •  do‘konlardan biror mahsulot sotib olishdan avval uning yaroqlilik muddatini albatta tekshirib oling;
  •  agar muzlatgichdagi mahsulot yoki taom bir necha kundan ortiq vaqt mobaynida qolib ketgan bo‘lsa, qo‘rqmay uni tashlab yuboravering. Buning uchun ichaklaringiz sizdan minnatdor bo‘ladi. Agar iloji bo‘lsa, biror taomni faqat bir kun uchun pishiring va doim yangi tayyorlangan ovqat iste’mol qilishga harakat qiling;
  •  taomlanishdan avval meva va sabzavotlar, hatto po‘stlog‘i archiladigan mandarin va bananni ham yuvishga odatlaning;
  •  taom tayyorlash qoidalariga amal qiling: ovqat o‘ta xom yoki o‘ta kuygan bo‘lmasligi kerak;
  •  ma’lum sabablarga ko‘ra shifokor tavsiyasiga ko‘ra antibiotiklar qabul qilayotgan bo‘lsangiz, dorining oshqozonga ta’sirini kamaytirish uchun prebiotik yoki probiotiklar ham ichish mumkinligi haqida shifokoringizdan so‘rang;
  • ko‘p taomlanmang! Tez-tez va kam-kamdan yeyish eng maqbul yechimdir;
  •  uyquga yotishdan avval ovqatlanmang. Kechki ovqat uyqudan 2-3 soat oldin bo‘lishi lozim. Bu uslub ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda ham foyda beradi;
  •  gigiyena qoidalariga rioya qiling. Ovqatlanishdan avval qo‘llaringizni yuving;
  •  stress va tushkunlik holati ham oshqozon faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. Doimiy stress o‘n ikki barmoqli ichakda eroziya va yaralar paydo qilishi mumkin. Ular stress yarasi deb ataladi va saratonga olib keluvchi omillardan biri hisoblanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »