Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonda nosvoy sotganlar 92 ming tengedan ortiq (taxminan 2 million 571 ming so‘m) jarimaga tortiladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligiga tayanib, “Polisia.kz” xabar berdi.

Foto: “Dzen.ru”

18—31-mart kunlari aholi o‘rtasida nosvoyning zarari, uni sotish bo‘yicha taqiqlangan talablarga tadbirkorlar tomonidan rioya qilish zarurligi haqida huquqiy tushuntirish ishlari olib boriladi.

Hozirgi kunda “Xalq salomatligi va sog‘liqni saqlash tizimi to‘g‘risida”gi kodeksda chekilmaydigan tamaki mahsulotlarini, jumladan, nosvoyni olib kirish, ishlab chiqarish, sotish va tarqatishni taqiqlash nazarda tutilgan. Chekmaydigan tamaki mahsulotlarini noqonuniy sotish 25 oylik hisob-kitob ko‘rsatkichi miqdorida yoki 92 ming tengedan ortiq (taxminan 2 million 571 ming) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi, — deydi Ichki ishlar vazirligi vakili Shingis Alekeshev.

Savdo qoidalarini buzish faktlari aniqlansa, aybdorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

E’tibor bering, Qozog‘iston parlamentida veyp va chekilmaydigan tamaki mahsulotlarini olib kirish, ishlab chiqarish, sotish va tarqatish uchun jinoiy javobgarlik joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Hurmatli fuqarolar, mazkur tadbirlar mamlakatimiz kelajagi sifatida, eng avvalo, yosh avlod salomatligini ta’minlashga qaratilgan, — dedi Alekeshev.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 15-mart kuni Milliy qurultoyning uchinchi yig‘ilishida nutq so‘zlagan edi. U qozog‘istonliklarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi giyohvandlik va boshqa moddalar, jumladan, nosvoyning zarari haqida gapirgan.

Nosvoy iste’mol qilish eng zararli va uyatli odatlardan biridir. Nosvoy antisanitariya sharoitida qo‘lbola usulda ishlab chiqariladi. Unda turli kasalliklar, jumladan, saraton kasalligini keltirib chiqaradigan moddalar mavjud. Nosvoyni ishlab chiqarish va tarqatish 2015-yilda taqiqlangan. Lekin u hali ham ko‘chada, hatto oziq-ovqat do‘konlarida ochiq-oydin sotilmoqda, — degan edi To‘qayev.

O‘shanda prezident huquq-tartibot idoralari bu muammoni hal qilish uchun hech qanday chora ko‘rmayotganini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »