Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyada enaga unga tashlab ketilgan ikki yoshli o‘zbekistonlik bolani politsiyaga topshirib yubordi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida yashovchi fuqaro V.D. 2022-yilda tug‘ilgan nevarasi hozirda Rossiyaning Lyuberetskiy tumanidagi vasiylik organida 1 oydan beri saqlanayotgani, bunga sabab bolaning onasi (V.D.ning qizi) Z.A. bolani enagaga qoldirgani va uni olib ketmagani uchun enaga politsiya chaqirgan bo‘lib, politsiya esa bolani vasiylik organiga topshirganini bildirgan. 

Ayol vasiylik organi nevarasini tashlandiq bola sifatida rasmiylashtirib, unga yangidan ism-familiya berilganidan xabar topib, nevarasining O‘zbekistonga qaytarilishida amaliy yordam so‘ragan. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda mazkur holat yuzasidan kompleks o‘rganish ishlari boshlangan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voyaga yetmagan bola hech bir hujjatlarsiz vaqtinchalik parvarish qilish markaziga olib ketilgan bo‘lib, shu tufayli Rossiya tomoni bolaning onasi bilan munosabatlarini tasdiqlash uchun DNK testini tayinlash orqali sudda bolaning shaxsini aniqlash kerakligi ma’lum qilingan.

Hozirda bolaning buvisi fuqaro V.D. tashabbusi bilan fuqaro qizi bilan oilaviy munosabatlarni rasmiy tasdiqlash uchun Rossiyada tegishli tartibda sudga ariza bergan. Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan fuqaro V.D.ning voyaga yetmagan nabirasi Z.N.ni uning vasiyligiga o‘tkazish uchun zarur hujjatlar Rossiyaning vasiylik va homiylik organlariga yuborildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »