Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dunyodagi eng badavlat xonanda Rianna nafaqat o‘zining ajoyib chiqishlari va liboslari, balki hashamatli uylarining xilma-xilligi bilan ham ajralib turadi. U ko‘pincha uyining fotosuratlarini tarmoqlarga joylashtirib boradi. Quyida Rianna turmush o‘rtog‘i A$AP Rocky va ikki farzandi bilan yashaydigan bir necha yuz metr kvadratli dalahovlisini tanishtiramiz.

Foto: Womfire

Xonanda va reperning mazkur uyi Beverli-Hillsda joylashgan bo‘lib, ular bastakor Pol Makkartni va qo‘shiqchi Merayya Kerilar bilan qo‘shni. Aytgancha, Merayya Keri ko‘chmas mulkini asosan ijaraga beradi. Masalan, 2020-yilda xonanda Madonna Kerining uyida istiqomat qilgan.

Foto: Europaplus

Riannaning kotteji 1938-yilda yozuvchi Sidney Sheldonning qizi uchun qurilgan. Deyarli bir asr davomida uy bir nechta rekonstruksiyani boshdan kechirgan. Eng yirik ta’mirlash ishlari 2016-yilda uyning avvalgi egasi, biznesmen Daniel Starr tomonidan o‘tkazilgan.

Foto: Europaplus

2020-yilda u ko‘chmas mulkni 15 million dollarga sotuvga qo‘ydi. Ma’lum vaqtdan so‘ng Rianna uyni yaxshi chegirma — 1,2 million dollarga kam narxda sotib oldi.

Foto: Europaplus
Foto: Europaplus
Foto: Europaplus

Uyning hajmi 22 ming kvadrat futdan oshadi. Ichkarida mehmonxona, ikki kishilik garaj, ochiq basseynli SPA maydoni, ikkita terassa va barbekyu maydoni mavjud.

Foto: Europaplus
Foto: Europaplus

Binoning maydoni 7,6 ming kvadrat futni tashkil qiladi. Unda kaminli keng mehmonxona, bar, kutubxona, balkonda ochiq sport zali, yettita hammom, to‘rtta mehmonlar uchun yotoqxona, va Kold Uoter kanyoniga qaraydigan bitta asosiy yotoqxona mavjud.

Foto: Europaplus
Foto: Europaplus

Internet foydalanuvchilarni uyning sokin dizayni hayratda qoldirdi. Neytral ranglar, marmar qoplamalar, ortiqcha bezaksiz interyer buyumlari — bularning bari Rianna va A$AP Rocky xarakteriga umuman o‘xshamaydi. Yorqin dizayni bilan ajralib turadigan yagona xona bolalar xonasidir.

Foto: Europaplus

Riannaning boshqa shaharlarda ham ko‘chmas mulklari bor. Xonanda Barbadosda villasi va The Century osmono‘par binosida ikkita kvartiraga ega. Rianna ulardan birini o‘tgan yilda 21 million dollarga xarid qilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »