Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dunyoning eng muvaffaqiyatli va nufuzli qo‘shiqchisi, prodyuser va aktrisa Rianna muxlislariga bo‘lgan hurmati bilan boshqalardan doim ajralib turgan. Kuni kecha xonandaning Italiyaga qilgan safarida bunga yana bir bor amin bo‘ldik.

Foto: Europaplus

Barchasi tasodifan sodir bo‘ldi: Rianna avtomashinasida o‘tirgan edi, uni tanib qolgan bir guruh odamlar xonanda oldiga kelib, rasmga tushishni iltimos qilishdi. Bunga javoban qo‘shiqchi ularni mashinada o‘tirishga va birga bir necha daqiqa vaqt o‘tkazishga taklif qildi. Muxlislar latofatli Rianna bilan suratga tushib, esda qolarli videolar olishdi va ko‘p yaxshi tilaklar bildirishdi.

Dunyodagi eng badavlat ayol qo‘shiqchining bunday harakati ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Ko‘pchilik muxlislar Riannaning bunday harakatlarini juda ajoyib deb baholasa, boshqalar xonanda shaxsiy xavfsizligi haqida ko‘proq qayg‘urishi lozimligini maslahat berdi.

Foto: Dzen

Bundan avval xonandaning turmush o‘rtog‘i A$AP Rocky fanatlari bilan uchrashuvda Rianna yangi albom ustida ishlayotgani haqida aytib o‘tgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »