Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroillik muxolifatchi qonunshunos Avigdor Liberman Binyamin Netanyaxu kabinetini Livanga qarshi urush olib borishga chaqirdi. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.

Arxiv foto: Middle East Monitor

Xabarda aytilishicha, muxolifat vakili “Hizbulloh” ning Isroil chegara zonasiga hujumlari tugamayotganidan xavotir bildirgan. Mamlakatga kelayotgan xorijiy xavfni bartaraf etish uchun esa “Hizbulloh”ga yalpi hujum qilishga chaqirgan.

Muxolifatchi fikriga ko‘ra, hozirga qadar Isroil Livan guruhi hujumlari sabab mamlakat shimolidagi 80 mingdan ortiq aholini ko‘chirgan. Aholini evakuatsiya qilish hali ham davom etmoqda.

“Men urush kabineti rahbari, harbiy shtab boshlig‘i va shimoliy qo‘mondonlik generalini o‘ziga kelishga hamda urush chizig‘ini dushman hududiga o‘tkazishga chaqiraman”, — degan isroillik muxolifatchi qonunshunos Avigdor Liberman.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »