Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

15-mart kuni Isroil qiruvchi samolyotlari Livan janubidagi “Hizbulloh” askarlari to‘plangan nuqtalarga hujum uyushtirgan. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.

Arxiv foto: Al Jazeera

Xabarda aytilishicha, dastavval Isroil aviatsiyasi Hula aholi zonasidagi nuqtalarni bombardimon qilgan. Havo kuchlari armiyasi rasmiylari ,shuningdek, Livandagi qurolli guruhning Marvaxindagi kuzatuv postiga zarba berilgani, Xamul hududidagi artilleriya o‘rnatmalari to‘liq yo‘q qilingani haqida maʼlum qilgan.

Oldinroq, Isroil armiyasi “Hizbulloh” guruhining Kafr Kila va Labbunahdagi infratuzilmasiga hujum uyushtirganini daʼvo qilgan edi. Arab nashrlari mazkur xabarni tasdiqlamagan.

Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi keskinlik o‘tgan yilning oktyabrida boshlangan edi. “Hizbulloh” rahbariyati HAMAS tarafini olib, Isroilga qarshi harbiy harakat boshlagan. Ikki tomon o‘rtasidagi kurashlar oqibatida shu paytga qadar 300 nafarga yaqin livanlik halok bo‘lgan, ulardan 240 nafari to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Hizbulloh” aʼzosi bo‘lgan. Isroil tomonidan 20 nafarga yaqin chegara hududlari aholisi halok bo‘lgani xabar qilingan.

Isroil va “Hizbulloh” janglari keskinlashuvi fonida Livan janubidagi 90 mingdan ortiq aholi o‘z turar joylarini tashlab, shimoliy tumanlarga ko‘chib ketgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »