Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil Mudofaa kuchlari Isroil xavfsizlik agentligi (ISA) bilan hamkorlikda o‘tkazgan operatsiyada HAMASning bir necha rahbari yo‘q qilingan. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Foto: Times of Israel

Xabarda aytilishicha, 18-mart kuni Isroil Mudofaa kuchlari to‘plangan razvedka maʼlumotlariga asoslanib, Rafah hududida quruqlik operatsiyasi o‘tkazgan. Operatsiya oqibatida Rafah hududida joylashib olgan HAMAS qanotining bir qancha askarlari yo‘q qilingan. HAMAS hujum rejasini ishlab chiqishda ishtirok etgan bir qancha guruh yetakchilari o‘ldirilgan.

Manbada aytilishicha, o‘ldirilganlar orasida HAMASning shimoliy va sharqiy Rafahdagi favqulodda byurosi boshliqlari Sayid Kotib al-Hashshosh, Usoma Hamd Zahir va Muhammad Aud Almilalaxiy, shuningdek, amaliyot zobiti Hadi Abu Alrus Kasinlar bo‘lgan.

“O‘ldirilganlar HAMASning Rafahdagi rahbariyati vakillari edi. O‘z vazifalarining bir qismi sifatida ular terror tashkilotining gumanitar hududlardagi faoliyatini boshqargan va bu sohada HAMAS siyosiy rahbariyati bilan doimiy aloqada bo‘lgan”, — deyiladi Isroil tomoni bergan bayonotda.

CNN nashrining HAMAS rahbarlari o‘ldirilishi bilan bog‘liq savollariga Isroil mudofaa kuchlari javob berishdan bosh tortgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »