Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil harbiylari HAMASning jangovar qanoti yetakchilaridan biri Marvan Issani o‘ldirdi. Bu haqda Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanga tayanib, BBC xabar berdi.

Foto: NYT

Isroil avvalroq Issa G‘azo sektoridagi zarba nishoni bo‘lganini da’vo qilgan, biroq uning o‘limini tasdiqlamagandi.

“HAMAS ierarxiyasidagi uchinchi odam bo‘lgan Marvan Issa o‘tgan hafta Isroil operatsiyasida o‘ldirilgan. Qolgan yuqori martabali rahbarlar, ehtimol, HAMAS tunnellari tarmog‘ida yashiringandir, ammo adolat ularga ham keladi”, — dedi Sallivan.

Shuningdek, u AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqot qilganini aytdi. HAMAS rasmiylari Issaning o‘limi haqidagi xabarlarga izoh bermadi.

11-mart kuni Isroil harbiylari G‘azo markazidagi Nuseyrat qochqinlar lageri yaqinidagi yerosti majmuasiga havo hujumi uyushtirgani, Issa nishonga olinganini ma’lum qildi va uni 7-oktyabrda Isroilga uyushtirilgan hujum tashkilotchilaridan biri deb atadi. Issa HAMASning harbiylashtirilgan qanoti Al-Qassam brigadalarini boshqaradigan Muhammad Deyfning o‘rinbosari edi. 

Foto: I24news

Isroil armiysi rasmiysi Daniel Hagarining aytishicha, o‘shanda Issa operatsiyada o‘ldirilganmi yoki yo‘qmi, aniq emas: 

“Biz zarba oqibatlarini o‘rganyapmiz va yakuniy tasdiq hali olinmagan”, — degan edi u.

Netanyaxu bilan suhbatida Bayden Isroilni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi, ammo urush paytida millionga yaqin qochqinlar ko‘chib o‘tgan Rafahga isroillik harbiylarning bostirib kirishi xato bo‘lishini aytdi. 

“Bu yanada ko‘proq begunoh fuqarolarning o‘limiga olib keladi, gumanitar inqirozni yanada yomonlashtiradi, G‘azoda anarxiyani kuchaytiradi va Isroilni xalqaro miqyosda izolyatsiya qiladi”, — degan Sallivan.

Shuningdek, Bayden Netanyaxuga G‘azoda “aniq strategik maqsad” qo‘yish zarurligi haqida aytgan.

“Prezident bugun bosh vazirga yana bir bor ta’kidladiki, biz HAMASni yengish borasida sherikmiz, ammo buning uchun izchil va barqaror strategiya kerak, deb hisoblaymiz”, — deya qo‘shimcha qildi Sallivan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »