Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil armiyasi G‘azo shimolidagi operatsiya davomida HAMASning eng uzun tunnelini portlatib yubordi. Bu haqda armiya matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: The Jerusalem Post

Ma’lum qilinishicha, tunnel uzunligi 2,5 kilometrni tashkil qiladi. U sektorning shimoliy va janubiy qismlarini bog‘laydi.

Fevral oyida sektordagi BMT qarorgohi (UNRWA) ostida HAMASning qo‘mondonlik tunneli topilgandi. Isroil harbiylari 700 metr uzunlikda va 18 metr chuqurlikda ekanini aytgan tunnel joyida ikkiga bo‘lib, yon kameralarni hosil qilgan. Tunneldagi elektr energiyasi aynan BMT shtab-kvartirasidan ta’minlangan. Isroil armiyasining fikricha, bu HAMAS razvedkasi uchun markaziy qo‘mondonlik punktlaridan biri bo‘lib, ular janglarning katta qismini shu yerdan boshqargan.

2023-yil dekabr oyida Isroilga olib boradigan HAMASning eng katta tunneli aniqlangandi. Harbiy razvedka HAMAS jangchilari hatto transport vositalarida ham chegaraga deyarli yaqinlashishiga imkon beradigan ushbu tunnel mavjudligi haqida bilmagan. Chunki to‘rt kilometrlik yer osti yo‘li uch metr kenglikda bo‘lgan. Tunnel qurilishiga HAMASning G‘azo sektoridagi yetakchisi Yahyo Sinvarning ukasi Muhammad Sinvar boshchilik qilgan. Tunnel 50 metr chuqurlikda joylashgan bo‘lib, bu uni havo zarbalariga deyarli imkonsiz qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »