Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gumanitar yordam yuklangan Open Arms kemasi G‘azo sektori qirg‘oqlariga yetib keldi, deya xabar berdi Euronews.

Foto: Euronews

Birinchi yordam kemasi yangi dengiz yo‘lagi bo‘ylab G‘azo sektori qirg‘oqlariga 15-mart kuni yetib kelgan. Bu AQSH prezidenti Jo Baydenning gumanitar yordam yetkazib berish uchun dengiz yo‘lagi yaratish qaroridan keyin G‘azoga yuborilgan birinchi kemadir. Open Arms gumanitar tashkilotiga ko‘ra, bortda ikki yuz tonna oziq-ovqat bor. Kema Isroil harbiylari hamrohligida yetib kelgan. 

BMTga ko‘ra, G‘azo aholisining to‘rtdan bir qismi to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda. G‘azo aholisiga havo orqali ham yordam tashlanmoqda. Biroq gumanitar tashkilotlar dengiz va havo orqali zaruriy yuklarni yetkazib berish samarali emasligini aytib, Isroilni yordam yetkazish uchun xavfsiz yo‘laklar yaratishga chaqirmoqda.

Avvalroq Pentagon gumanitar yordamni G‘azo sektori qirg‘oqlari yaqinida yirik kemalardan kichik kemalarga qayta yuklash yoki avval G‘azoga tashish uchun Isroil va Misrga gumanitar yuklarni yetkazib berish taklif qilgan edi. Isroil Tashqi ishlar vazirligi ham bunday harakatni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »