Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jizzax viloyati Arnasoy tumanida otasi onasidan 6 yildan beri yashirib kelgan bola topildi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi. 

Foto: MIB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, fuqarolar F.A. va G.A.lar 2018-yilda kelishmovchiliklar sababli ajrashadi. Otasi F.A. turmushidan 2017-yilda tug‘ilgan o‘g‘li J.N.ni onasiga bermasdan, yashirib yurgan. Oqibatda ayol o‘g‘lini sobiq turmush o‘rtog‘i, sobiq qaynonasidan o‘z tarbiyasiga olib berishni so‘rab, sudga murojaat qilgan. 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudining ijro varaqasiga ko‘ra, otasi va buvisidan farzandini ayol qaramog‘iga olib berish belgilangan bo‘lib, mazkur ijro hujjati byuroning Arnasoy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Hujjat ijrosi yuzasidan bolaning otasi va buvisi tomonidan ixtiyoriy tarzda farzandni onasiga topshirmagani natijasida davlat ijrochisi tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 198-prim 1-moddasiga asosan ma’muriy jarima qo‘llangan. Shundan so‘ng ham qarzdorlar tomonidan bolani yashirishga harakat qilgani sababli davlat ijrochisi tomonidan qidiruv e’lon qilingan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida bolakay Mirzacho‘l tumanidagi qishloqda yashovchi otaning ukasi uyidan qidiruv tadbirlarida topilib, shu zahotiyoq xolislar hamda qarzdor taraf ishtirokida onasi qaramog‘iga va tarbiyasiga topshirildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »