Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Surxondaryo viloyati Angor tumanida aliment to‘lamay, 2 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan erkak uy yerto‘lasidan topildi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Foto: MIB

Xabarga ko‘ra, Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘basi inspektorlari hamda byuroning Angor tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan navbatdagi tadbir davomida farzandining moddiy taʼminotidan bo‘yin tovlab, ikki yil muqaddam qidiruvga berilgan qarzdor ota yashash xonadoni yerto‘lasidan topildi.

Angor tumanida yashovchi fuqaro F.M. turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgandan so‘ng, 2019-yil yanvar oyidagi sud buyrug‘iga asosan voyaga yetmagan 3 nafar norasida farzandlarining moddiy taʼminotiga masʼul etib belgilangan. Biroq qarzdor ota aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan. 

Qidiruvda bo‘lgan qarzdor haqida olingan maʼlumotlar asosida Majburiy ijro byurosi Angor tuman bo‘limi davlat ijrochisi bo‘lib ishlab kelayotgan Sayyora Tojiyeva qarzdorning yashash manziliga borib, yaqinlariga ijro ishi haqida tushuntirish bergan. Bu tushuntirishlar kor qilmagani sababli xonadondagi qoramol xatlovga olish jarayonida kutilmagan holat yuz bergan.

Molidan ayrilishini istamagan xonadon egalari qarzdorni uyning yerto‘lasida yashirinib olganini bildirdi. Mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudida ko‘rib chiqilib, 51 million so‘mdan ortiq aliment qarzdorligi sabab erkakka 15 sutkalik maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »