Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Sevgi iztirobi” va “Istanbulning ikki yuzi” kabi seriallar yulduzi Neslihan Atagul turk kinematografiyasida istiqbolli aktrisalardan biriga aylanib ulgurdi. Mashhur va go‘zal aktrisaning asli kelib chiqishi turk emasligini bilarmidingiz?

Foto: Turkiapro

Yashil ko‘zli maftunkor Neslihan 1992-yilda Istanbulda tug‘ilgan va 8 yoshida kelajakda albatta aktrisa bo‘lishni maqsad qilgan. O‘smirligida u aktyorlik agentligi raqamlarini mustaqil ravishda topgan va onasi uni tanlovga olib borishga rozilik bildirgan. Qizaloqning qiziqishlarini ota-onasi va akasi Ilkay Atagul ham doim qo‘llab-quvvatlagan, natijada Neslihan 13 yoshida kino sanoati va shou-biznes sohasiga kirib kelgan.

Foto: Dzen

Nihon rolini o‘ynagan aktrisa oddiy oiladan: uning otasi yuk mashina haydovchisi, onasi esa uy bekasi bo‘lgan. Neslihanning otasi Yashan Sener (Turkiyaga ko‘chib kelgach ismini o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin) kelib chiqishi cherkas, onasi esa rus va belorus millatiga mansub. To‘ydan keyin er va xotin SSSR hududida yashagan, keyinchalik mamlakat parchalanib ketgach, Turkiyaga ko‘chib kelgan.

Foto: Dzen

Shunday qilib, Neslihan Atagulning avlodi slavyan millatiga borib taqaladi. Bu fakt aktrisaning tashqi ko‘rinishida ham aks etgan. Shuning uchun u “Muhtasham yuz yil” serialida Sulaymon sultonning sevimli rafiqasi Xurram —ukrainalik Aleksandra Roksolana roliga da’vogar bo‘lishi mumkin edi.

Foto: Mykaleidoscope

Lekin afsuski, serial kastingi va syomka jarayonida Neslihan 19 yoshda edi. Agar “Muhtasham yuz yil” seriali davomini suratga olish yo‘lga qo‘yilsa, aktrisa albatta bosh rolga munosib bo‘lardi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »