Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda katta yoshdagi aholining 90 foizdan ortig‘i rasmiy kredit olish imkoniyatiga ega emas. Bu haqda 19-mart kuni Markaziy bankda mikrobiznes, kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha seminarda taqdim etilgan Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC)ning moliya bo‘yicha global eksperti Mari-Paul Klaes taqdimotida aytildi.

Foto: Shutterstock

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yildan 2021-yilga qadar rasmiy moliya institutlaridan kredit olgan O‘zbekiston fuqarolari ulushi qariyb uch barobarga — 2,36 foizdan 7,49 foizga oshgan. Biroq ayollar orasida qonuniy kreditorlar soni 5 foizdan past ko‘rsatkichni tashkil etmoqda.

2021-yilda aholining 15 yoshdan katta qismini faqat 44,13 foizida bank hisob raqami bo‘lgan — bu 2017-yilga nisbatan 7 foizga ko‘p demak.

Bundan tashqari, elektron to‘lovlarni amalga oshirgan yoki qabul qilgan fuqarolar soni 41,72 foizga, ayollar o‘rasida esa 35,86 foizga yetgan. Rasmiy moliya institutlarida pul mablag‘larini saqlayotgan yoki mobil pul hisob raqamidan foydalanayotgan O‘zbekiston fuqarolarining ulushi 3 foizdan oshmaydi.

Akkauntga kirish uchun mobil qurilmalar yoki internetdan foydalanish haqidagi maʼlumotlar 2021-yil uchun mavjud emas. Ammo 2017-yilda bunday insonlar ulushi 7 foizdan kam edi, ayol foydalanuvchilar orasida esa 5 foizdan biroz oshgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »