Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov 2024-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston banklari uchun aholiga kredit berish bo‘yicha talablar kuchaytirishga oid qarorni imzoladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qaror bilan qarz yuki ko‘rsatkichi joriy etilmoqda, u o‘rtacha kredit to‘lovlarining qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadiga nisbati orqali hisoblanadi. 

Qarz yuki ko‘rsatkichi — bu qarz oluvchi o‘rtacha oylik daromadining soliqlar chegirib tashlangandan keyin barcha kreditlari va qarzlari bo‘yicha shartnoma to‘lovlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ulushi hisoblanadi. Past QYK qiymati qarz oluvchining daromadlari va xarajatlari balansi mavjud kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashga imkon berishini ko‘rsatadi. Yuqori daraja esa ortiqcha qarzni bildiradi, ya’ni qarz oluvchi har oy daromadining asosiy qismini qarzni to‘lashga sarflashga majbur bo‘ladi.

Hozir O‘zbekistonda qarz yuki talabi faqat mikrokreditlarga nisbatan qo‘llanadi va 50 foizni tashkil etadi. 2024-yil 1-iyuldan boshlab barcha kreditlarni (shu jumladan, mikrokreditlarni) berishda kreditorlar o‘z mijozlarining qarz yuki 60 foizdan oshmasligini ta’minlashi shart. 

2025-yil 1-yanvardan boshlab bu ko‘rsatkich 50 foizgacha qisqartiriladi.

Qarz yukini barcha kreditlar kontekstida hisoblashni joriy etish orqali regulyator aholi daromadlarini legallashtirishga erishish, o‘z daromadlarini qonuniylashtirgan qarz oluvchilarni kreditlashni rag‘batlantirish, norasmiy daromadlarni baholashni rasmiylashtirish va banklarni mas’uliyatli kreditlashga jalb etishni maqsad qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »