Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Markaziy bank boshqaruvining “Qarz oluvchi jismoniy shaxslarning qarz yukini tartibga solish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda kreditlash hajmlarining oshib borishi natijasida aholi o‘rtasida yuqori qarz yuki shakllanishi dinamikasi kuzatilmoqda. Aholiga taqdim etilayotgan kreditlar qoldig‘i hamda qarz yukining tez sur’atlarda o‘sishi kredit tavakkalchiliklari ko‘payishiga, shuningdek qarzdorlarning kreditlarni qaytara olmaslik ehtimolining oshishiga sabab bo‘ladi.

Xalqaro amaliyotga muvofiq, moliyaviy barqarorlikka xavf soluvchi mazkur omilni kamaytirish maqsadida, odatda, regulyatorlar tomonidan qarz yukiga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri makroprudensial hamda bilvosita prudensial choralar qo‘llaniladi.

Mazkur hujjat loyihasida belgilangan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuqori qarz yukini kamaytirishga qaratilgan makroprudensial choralarni ko‘zda tutib, ularga muvofiq qarz beruvchi tomonidan kredit (mikroqarz) ajratilayotganda jismoniy shaxsning qarz yuki ko‘rsatkichi:

  • 2024-yil 1-iyuldan boshlab 60 foizdan;
  • 2025-yil 1-yanvardan boshlab 50 foizdan oshmasligi belgilanmoqda.

Shuningdek, loyihaga ko‘ra qarz beruvchi tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlarning eng ko‘pi bilan 15 foizi jismoniy shaxslarning qarz yuki ko‘rsatkichini inobatga olmagan holda shakllanishi mumkinligi belgilanmoqda.

Amaldagi tartibga ko‘ra, qarz yuki ko‘rsatkichi qarz qoldig‘i yig‘indisi bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshganda (17 million so‘m) hisoblanadi. Mazkur norma belgilangan band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilmoqda.

Shu bilan birgalikda, kreditning to‘lovlar muddati 36 oydan oshganda, grafikda nazarda tutiladigan barcha to‘lovlar 36 oyga teng miqdorda taqsimlanishi belgilanmoqda. Bundan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan resurslar hisobidan ta’lim kreditlari mustasno.

Shu bilan birgalikda, ipoteka kreditini so‘ndirish grafigi bo‘yicha to‘lovlar muddati 120 oydan oshganda, grafikda nazarda tutiladigan barcha to‘lovlar o‘rtacha oylik to‘lovlar miqdori hisob-kitobida 120 oyga teng miqdorda taqsimlanishi belgilanmoqda, bundan davlat dasturlari doirasida ajratilgan ipoteka kreditlari mustasno.

Bundan tashqari, qarz yuki hisob-kitobida qarz beruvchi qarz oluvchi daromadlari, shu jumladan norasmiy daromadlari miqdorini to‘g‘ri hisoblash maqsadida ularning 6 oy davomida olgan doimiy tarzdagi daromadlarini aks ettiruvchi ma’lumotlardan foydalanishi qayd etilmoqda. O‘z navbatida, kreditlar “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida ajratilganda ushbu nizom talablari tatbiq etilmasligi belgilanmoqda. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »