Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyatida 7 yoshli qizcha o‘z ammasi tomonidan urib o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, viloyatning Bo‘ka tumanida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan ayol I.N. 2023-yilning 22-noyabrida Bekobod tumanida istiqomat qiluvchi ikki voyaga yetmagan jiyani — 2011-yilda tug‘ilgan A.M. va 2017-yilda tug‘ilgan A.Ch.ning ota-onasi Rossiyaga ketgani sababli, o‘zi tarbiyalab kelayotgan jiyanlariga nisbatan o‘zini vasiy etib tayinlashni so‘rab, Bekobod tumani hokimi nomiga ariza bilan murojaat qilgan.

Bekobod tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining tibbiy ko‘rik xulosasiga ko‘ra, ayol va uning jiyanlari jismonan va ruhan sog‘lom ekani ko‘rsatilgan. Yuqoridagi xulosalarga asosan, I.N. Bekobod tumani hokimining 2023-yil 15-dekabrida A.M. va A.Ch.ga nisbatan vasiy tayinlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan.

12-mart kuni soat 20:00 larda Bo‘ka tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga voyaga yetmagan A.Ch. ammasi I.N. tomonidan kaltaklangani oqibatida shifoxonaga tushgani haqida xabar kelib tushgan. Mazkur holat bo‘yicha Markaziy shifoxonaga borib o‘rganilganda, A.Ch. jonlantirish bo‘limida yotgani aniqlangan. Tibbiyot xodimlarining olib borgan sa’y-harakatlariga qaramay, u 15-mart kuni vafot etgan.

Holat yuzasidan 12-mart kuni Bo‘ka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayolga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »