Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyada enaga unga tashlab ketilgan ikki yoshli o‘zbekistonlik bolani politsiyaga topshirib yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bolalar ombudsmaniga kelib tushgan murojaatda fuqaro V.D.ning 2022-yilda tug‘ilgan nevarasi Z.N. hozirda Rossiyaning Lyuberetskiy tumanidagi vasiylik organida 1 oydan beri saqlanayotgani, bunga sabab, bolaning onasi Z.A. bolani enagaga qoldirgani va uni olib ketmagani uchun enaga politsiya chaqirgani, politsiya esa bolani vasiylik organiga topshirgani bildirilgan. Buvi vasiylik organi nevarasini tashlandiq bola sifatida rasmiylashtirib, unga yangidan ism-familiya berilganidan xabar topgan, nevarasining O‘zbekistonga qaytarilishida amaliy yordam so‘ragan.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Tashqi ishlar vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan mazkur murakkab holat kompleks o‘rganilmoqda.

TIVning o‘rganishiga ko‘ra, voyaga yetmagan N.Z. hech bir hujjatlarsiz vaqtinchalik parvarish qilish markaziga olib ketilgan bo‘lib, shu tufayli Rossiya tomoni bolaning onasi bilan munosabatlarini tasdiqlash uchun DNK testini tayinlash orqali sudda bolaning shaxsini aniqlash kerakligi ma’lum qilingan.

Hozirda bolaning onasi Z.A. qizi N.Z. bilan oilaviy munosabatlarni (ona va farzand) rasmiy tasdiqlash uchun Rossiyada tegishli tartibda sudga ariza bergan.

O‘z o‘rnida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan fuqaro V.D. ning nabirasi Z.N.ni uning vasiyligiga o‘tkazish uchun zarur hujjatlar Rossiyaning vasiylik va homiylik organlariga yuborilgan.

Hozirda Bolalar ombudsmani, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan voyaga yetmagan Z.N. ni Rossiyadan O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq 2023-yilda bola huquqlari bo‘yicha vakil nomiga bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi to‘g‘risida fuqarolar, bolalar hamda ularning qonuniy vakillari tomonidan jami 443 ta murojaat qabul qilinib, o‘rganilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »