Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida farzandini muttasil kaltaklab, qiynab kelgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Bolalar ombudsmanining ma’lum qilishicha, unga nisbatan qo‘shimcha ayb e’lon qilindi.

Foto: Bolalar ombudsmani matbuot xizmati

S.N. ayol kichik yoshdagi farzandini 2 yildan beri kaltaklab kelgani yuzasidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi, “a, v” bandlari (voyaga yetmagan, ojiz ahvoldaligi ayon bo‘lgan shaxsni qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Dastlabki tergov davomida fuqaro S.N.ning harakatlarida Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismida (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) nazarda tutilgan jinoyat alomatlari aniqlangani sababli 2024-yil 1-mart kuni Shofirkon tumani IIB Tergov boshqarmasi tomonidan ayolga qo‘shimcha ayb e’lon qilingan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov tamomlanib, ish materiallari qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudiga yuborilgan.

Bolalar ombudsmani bolaning manfaatlari sud bosqichida ta’minlanishi yuzasidan o‘z kuzatuvini davom ettirishini bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »