Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqandda bog‘chaga ko‘zi ko‘kargan holda kelgan bolakayni otasi kaltaklamagani aniqlandi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Foto: Videodan kadr

Aniqlanishicha, Urgut tumani “Yuqori Qalangar” MFYdagi 2017-yilda tug‘ilgan A.A. yuz-ko‘zidagi jarohati tufayli 30-oktyabr kuni Urgut tuman markaziy shifoxonasiga otasi A.X. tomonidan olib kelingan va ushbu holat yuzasidan Urgut tuman IIB tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borgan.

Tekshiruv davomida A.A.ning olgan jarohati yuzasidan 3-noyabr kuni sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, unga ko‘ra bolaga jarohat o‘tmas qattiq jismlar ta’sirida yetkazilgani xulosa qilingan. Tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli 25-noyabrda jinoyat ishi qo‘zg‘atishdan rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Mazkur holat bolalar ombudsmani va Bosh prokuratura nazoratiga olinganidan so‘ng jinoyat ishi qo‘zg‘atishdan rad etish to‘g‘risida qaror tuman prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida o‘rganilib, 12-dekabr kuni bekor qilingan va qo‘shimcha tekshiruv harakatlari olib borish uchun tuman IIB huzuridagi TBga yuborilgan.

Qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv davomida bola psixolog tomonidan pedagog ishtirokida (videoyozuvda qayd qilingan holda) suhbat qilinganda, u 29-oktyabr kuni otasining uyi yaqinidagi savdo do‘koni oldida amakisiga tegishli bo‘lgan qoramollar orqasidan yugurib, asfaltga yiqilgani, burni qonab, yuzi shilinganini bayon qilgan.

Shuningdek, bolaning yiqilganini guvohi bo‘lgan do‘kon sotuvchisi L.S. o‘z tushuntirishida bolaning haqiqatan ham chorva mollarni orqasidan yugurishi natijasida yuzi bilan yerga yiqilib tushganini ko‘rganligini va jarohat yiqilish natijasida bo‘lganini tasdiqlagan.

“Bola yiqilgan. Ko‘rganlar, guvohlar bor. Qaynonam o‘rtaga tushib, shu ishlarni qilgan. Ular tuhmat qilishyapti”, — deydi bolaning otasi.

Ma’lum bo‘lishicha, u ayoli bilan bir yil avval ajrashgan. Bola onasi bilan birga yashaydi.

Hozirda bola kaltaklangan deb yolg‘on ma’lumot tarqatganlarning shaxsini aniqlash va ularga chora ko‘rish maqsadida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bola manfaatlari nuqtayi nazaridan bolalar ombudsmani mazkur holat yuzasidan nazoratni davom ettiradi.

Mavzuga doir
Izoh

Ashurali Qodirov

17.12.2023, 09:51

ANIQLANMADI 1 TARBIYACHI BOLAGA RAXMI KELI OLGAN VIYOGA ENDI TARBIYACHINI EYDI MUDIRA VA BOSHQALAR.........

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »