Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Logo bilim” ta’lim markazida tarbiyachi bolani urib, dars o‘rgatayotgani aniqlandi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan ma’lumot berdi

Xabarga ko‘ra, pedagog 2019-yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi M.B.ni urgan holda olib borayotgan mashg‘uloti yuzasidan bolalar ombudsmaniga bolaning onasi X.D.ning murojaati kelib tushdi. Mazkur holat bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi va u yuzasidan tuman IIB tomonidan 5-dekabr kuni tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlandi.

O‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan bolaga nisbatan bunday pedagogikaga zid harakatlarga yo‘l qo‘ygan mutaxassis hozirda ishdan bo‘shatilgan bo‘lib, uning harakatlariga huquqiy baho berish jarayoni bormoqda.

Ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan bunday nomaqbul muomalada bo‘lish holatlari bolalar ombudsmani nazoratida va ular yuzasidan qonuniy tartibda chora ko‘rish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda tizimli ravishda ish olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »