Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentdagi xususiy bog‘chada tarbiyachining qo‘pol harakati oqibatida bolaga tan jarohati yetkazildi. Bu haqda bolalar ombudsmani xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Jabrlangan bolaning onasining aytishicha, voqea 17-noyabr kuni yuz bergan. U o‘z ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bog‘chada olingan video, shifokor xulosasini e’lon qilgan. Videoda tarbiyachi karavotda o‘tirgan bolani bir qo‘lidan ko‘tarib, boshqa joyga olib ketgani aks etgan.

Onaning so‘zlariga ko‘ra, shu kuni bola kun bo‘yi, ayniqsa, chap qo‘liga tegilganida yig‘lagan. Bola shifokor ko‘rigiga olib borilganida suyak sinishi tashxisi qo‘yilgan va bolaning qo‘li gipslangan.

30-noyabr kuni bolalar ombudsmaniga ayolning bu haqdagi murojaati kelib tushgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »