Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi do‘konlarning birida qiz mast holdagi onasi tomonidan kaltaklangandi. Tuman hokimligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Foto: Videodan kadrlar

Holat “Oqibat” mahallasi Markaz-1 dahasida joylashgan do‘konda yuz bergandi. Shu yerda bo‘lgan fuqarolar jarayonni videotasvirga olib tarqatgan. Tuman hokimligi matbuot xizmatining bildirishicha, ona V.A. doimiy ro‘yxatda Toshkent viloyatida turadi.

Voyaga yetmagan, 2015-yilda tug‘ilgan qizga yordam ko‘rsatish maqsadida, Toshkent shahar IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan. Uning onasi, 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro V.A esa Toshkent shahar ayollarni reabilitatsiya va moslashtirish markaziga joylashtirilgan.

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan, hozirda ona V.A.ning harakatlariga baho berish yuzasidan tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »