Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Metabolizm — hujayralarda sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalar majmuyi bo‘lib, hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan moddalar, energiya hosil bo‘ladi va almashinadi.

Foto: IStock

Metabolizm atamasi asosan uch xil energiya sarflash turiga nisbatan ishlatiladi:

  • bazal metabolizm darajasi (BMR);
  • oziq-ovqatning termik effekti (TEF);
  • jismoniy faoliyat davomida kaloriyani yo‘qotish tushunchasi.

Tanamiz sarflagan energiya o‘rnini to‘ldirish uchun biz doimiy oziq-ovqat iste‘mol qilishimiz kerak bo‘lganidek, hujayralar ham kimyoviy reaksiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun energiya oqimiga muhtojdir. Soddaroq qilib aytganda, biz iste‘mol qiladigan ozuqa hujayralar uchun energiya manbaidir.

Metabolizm qachon sekinlashadi?

Avvallari metabolizm 30 yoshdan keyin har yili 2-5% ga sekinlashib boradi, degan nazariya mavjud edi. Yangi tadqiqotlar buning aksini ko‘rsatmoqda: 2021-yilda chop etilgan “Daily energy expenditure through the human life course”dagi ma’lumotlarga ko‘ra, metabolizm inson umrining ilk yillarida kuchayadi, so‘ng 20 yoshgacha sekinlashib boradi va ushbu tezlik 60 yoshgacha saqlanib qoladi. 60 yoshdan oshganda ham metabolizm birdaniga tushib ketmaydi, ko‘rsatkich yiliga atigi 0,7 % ni tashkil etadi.

Demak, metabolizm sekinlashishiga inson yoshi sababchi emas. Bunga gormonal o‘zgarishlar, turli kasalliklar, vitamin va minerallar yetishmasligi, o‘ta ozib ketish kabilar turtki bo‘ladi.

Foto: Istock

Metabolizm sekinlashganini qanday bilish mumkin?

  • Vazn tashlash qiyinlashadi, sog‘lom vaznni saqlab qolish mushkul bo‘ladi;
  • Doimiy charchoq hissi insonni tark etmaydi;
  • Hazm tizimida muammolar paydo bo‘ladi, qabziyat holatlari ko‘payadi;
  • Inson doimiy sovuq qotib yuradi;
  • Teri quruqlashadi;
  • Sochlar to‘kila boshlaydi;
  • Hayz sikli buziladi.

Agar sizda yuqoridagi holatlardan bir nechtasi kuzatilsa, shifokor ko‘rigidan o‘tishni tavsiya qilamiz. Ma’lum analizlar topshirilgach, organizmda metabolizm jarayoni qanday kechayotganini aniqlash va uni o‘z vaqtida davolash mumkin.

Sekinlashgan metabolizmni uning avvalgi darajasiga qaytarish uchun, birinchi navbatda, sog‘lom turmush tarziga rioya etish: to‘g‘ri ovqatlanish, uyquga to‘yish va sport bilan shug‘ullanish lozim.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »