Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Adliya vazirligi Apple kompaniyasini smartfonlar bozorini monopollashtirish va raqobatni bostirishda ayblab, sudga murojaat qildi, deya CNN xabar berdi.

Foto: Getty Images

Arizada vazirlik kompaniya raqobatchilar va iste’molchilar imkoniyatlarini noqonuniy cheklash uchun iPhone’ni nazorat qilishdan foydalanganini daʼvo qilgan, shuningdek, Apple’ni yangi ilovalarning o‘sishiga to‘sqinlik qilayotganlikda va raqobatdosh mahsulotlarning jozibadorligini pasaytirganlikda ayblagan.

Da’voda kompaniyaning iste’molchilarga raqobatdosh smartfon platformalari o‘rtasida almashishni osonlashtiradigan ilovalarni bloklashi, uchinchi tomon raqamli hamyonlarini cheklashi va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan aqlli soatlarning “funksionalligini kamaytirish” haqida aytilgan. Adliya vazirligiga ko‘ra, mijozlar iPhone’dan foydalanishni davom ettirishga majbur bo‘lishi uchun boshqa qurilmalarda o‘zining xabar almashish ilovasi sifatini yomonlashtirgan.

Apple kabi monopoliyalar iqtisodiyotimiz asoslangan erkin va adolatli bozorlarga tahdid soladi. Ular innovatsiyalarni to‘xtatadi, iste’molchilar uchun xarajatlarni oshiradi. Agar Apple’ga qarshi chiqilmasa, u monopoliyasini kuchaytirishda davom etadi, — dedi bosh prokuror Merrik Garland.

Apple AQSH Adliya vazirligining ayblovlarini rad etgan va da’vo kompaniyaning asosiy faoliyatiga tahdid solayotganini aytgan.

Ushbu da’vo bizning kimligimizga va Apple mahsulotlarini shiddatli raqobatbardosh bozorlarda ajratib turadigan tamoyillarga tahdid soladi. Da’vo tasdiqlansa, odamlar Apple’dan kutayotgan texnologiyani yaratish qobiliyatimizga to‘sqinlik qiladi. Biz ushbu da’voni qonun tomonlama asossiz deb hisoblaymiz, — dedi kompaniya.

Bloomberg qayd etishicha, AQSH Adliya vazirligi 14 yil ichida uchinchi marta Apple kompaniyasini monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganlikda ayblamoqda. Mart boshida Yevrokomissiya Apple kompaniyasini 1,8 milliard yevro jarimaga tortgan edi, chunki kompaniya boshqa ilovalarni ishlab chiquvchilarga App Store do‘konidan tashqarida arzonroq musiqa obunasi xizmatlari borligi haqida foydalanuvchilarni xabardor qilishga imkon bermagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »