Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kinolarda shunday qahramonlar borki, ularning hayoti va sarguzashtlari haqida qayta-qayta film suratga olish mumkin. Quyidagi klassikaga aylangan film obrazlari orqali muxlislar qalbidan chuqur joy egallagan o‘n nafar aktyor bilan tanishamiz.

Maykl Kiton — Betmen

Foto: Dzen

1989-yilda “Betmen” filmi namoyish etilishidan avval aktyor Maykl Kiton mashhur yulduz emas edi. Bundan bir yil oldin u “Bitljuz” filmida suratga tushgan. DC olamidagi keyingi muvaffaqiyatli film — “Betmen qaytmoqda” 1992-yilda suratga olingan.

Rejissyor Tim Berton kinosanoatda ish faoliyatini tugatganini bilgach, Maykl Kiton filmning uchinchi qismida suratga tushishdan voz kechgan. Ammo aktyor kutilmagan tarzda 2023-yilda “Flesh” filmida Betmen rolini takroran ijro etgan.

Tobi Maguayer ­­­— O‘rgimchak odam

Foto: Dzen

Aktyor Tobi Maguayer karyerasidagi Piter Parker roli uning hayotida katta o‘zgarishlar va muvaffaqiyatlar olib kelgan. “Buyuk Getsbi”, “Aka-ukalar” filmlaridagi keyingi rollari aktyor faoliyatida O‘rgimchak odamdek shov-shuvli bo‘lmagan.

So‘ng Tobi 2021-yilda “O‘rgimchak odam: Ortga yo‘l yo‘q” fantastik jangari filmida suratga tushdi va unda boshqa dunyodan kelgan O‘rgimchak odam rolini o‘ynadi.

Jeymi Li Kertis ­— Lori Stroud

Foto: Dzen

1977-yilda aktrisa Jeymi Li Kertis birdaniga turli filmlarda debyut qildi, ammo epizodik rollari orqali ommaga tanilmadi. Barchasi bir yildan so‘ng aktrisa “Xellouin” filmida Lori Stroud rolini ijro etganda o‘zgarib ketdi. Film prokati 60 million dollar daromad olib keldi va aktrisa filmning keyingi qismlarida ham bosh rolda faol ishtirok etdi, ammo film kassalarda yaxshi daromad keltirmadi.

2018-yilda esa “Xellouin” filmining keyingi soni ommaga taqdim etildi va Jeymi Li Ketris yana bir bor Lori Stroud obrazini gavdalantirdi.

Xarrison Ford — Xan Solo, Rik Dekard va Indiana Jons

Foto: Dzen

Xarrison Ford kino olamiga 1966-yilda kirib keldi va 70-yilning o‘rtalariga kelib yaxshi takliflar bo‘lmagani va daromad bilan bog‘liq muammolar tufayli kino sanoatini tark etdi. U duradgorlik bilan shug‘ullana boshladi.

Bir necha yil o‘tib, aktyor “Yulduzlar jangi”da ishtirok etayotganining guvohi bo‘lgan rejissyor Jorj Lukas amin bo‘ldi: Xan Solo roliga aynan Xarrison Ford munosib. Oradan to‘rt yil o‘tgach aktyor “Indiana Jons. Yo‘qotilgan kemani izlab”da bosh rolni ijro etdi. Bir yildan so‘ng esa “Tig‘ bo‘ylab yugurish” ilmiy-fantastik filmida Rik Dekard obrazini gavdalantirdi.

Mazkur uchta rolni aktyor 2015-yildan to 2023-yilga qadar takroran ijro etgan. “Yulduzlar jangi. Kuchlar uyg‘onishi”, “Indiana Jons va taqdir g‘ildiragi” va “Tig‘ bo‘ylab yugurish 2049” filmlarida aktyor yana bir bor bosh rollarda ekranlarga qaytgan.

Bill Myurrey, Den Eykroyd va Erni Xadson — Piter Venkman, Rey Stents va Uinston Zeddmor

Foto: Dzen

“Arvoh ovchilari: Merosxo‘rlar” filmi 2021-yildan avvalroq namoyish etilishi mumkin edi. Ammo aktyor Garold Ramis vafoti tufayli filmni suratga olish ishlari noma’lum muddatga cho‘zildi. Oradan besh yil o‘tgach, marhum aktyor xotirasiga bag‘ishlangan film ustida ishlar tugallandi.

“Arvoh ovchilari: Merosxo‘rlar” aktyor Erni Xadson karyerasida muvaffaqiyatli burilishga olib keldi. Den Eyrkoryd “Aka-uka Blyuz” filmi orqali, Bill Myurrey esa “Golf klubi” filmidagi obrazlari bilan muxlislarga avvalroq tanilgan edi.

Kianu Rivz, Kerri-En Moss — Neo

Foto: Dzen

“Matritsa” franshizasining birinchi qismi 1999-yilda chiqqan bo‘lib, filmning klassikaga aylanishiga undagi ajoyib inqilobiy g‘oyalar va zamonaviy vizual effektlar yordamida yaralgan jang sahnalari sabab bo‘lgan. Oradan 20 yil o‘tib, uning to‘rtinchi qismi “Matritsa. Tirilish” nomli film suratga olindi va unda Kianu Rivz va Kerri-Enn Moss kabi aktyorlar bosh rollarni yana bir bor ijro etdi.

Kianu ham, Kerri-Ann ham birinchi film syomkalari vaqtida jiddiy jarohat olishgan, biroq ular buni hech kimga bildirmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular jarohati tufayli boshqa aktyorlar bilan almashtirilishidan qo‘rqqan va franshizaning qolgan uch qismida ham bosh rollarni gavdalantirgan.

Linda Xemilton — Sara Konnor

Foto: Dzen

90-yillarning boshida “Terminator” va “Makajo‘xori bolalari” filmlaridagi obrazlari orqali ommaga tanilgan aktrisa Linda Xemilton mashhurlikning cho‘qqisiga “Terminator-2. Qiyomat kuni” dan keyin erishdi. Aktrisaga bo‘lgan talab sekin-asta oshib borgan, ammo reytinglarda yuqori pog‘onani doimiy ushlab turish Lindaga nasib etmagan. 2019-yilda aktrisa yana Sara Konnor roliga qaytdi, ammo film bu safar ham ulkan muvaffaqiyat qozonmadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »