Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

NATOning Norvegiyada o‘tkazgan yirik Nordic Response mashg‘ulotlari mamlakat aholisiga 750 ming dollargacha zarar yetkazdi. Bu haqda Norvegiya Qurolli kuchlari (FOH) bayonotiga tayanib, Forsvarets forum xabar berdi.

Foto: Wikipedia
Mudofaa hisob-kitoblariga ko‘ra, mashg‘ulotlardan sakkiz milliongacha odam zarar ko‘rgan. Norvegiyadagi NATO Nordic Response allaqachon aholiga 750 ming dollargacha zarar yetkazdi, — deya ta’kidlagan FOH atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha shtab xodimi Marianna Be.

Mashg‘ulotlar yakunlangach, odamlar NATO askarlari qoldirgan vayronagarchiliklardan ommaviy ravishda shikoyat qila boshlagan. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, ular to‘siqlar va avtomobillarga zarar yetkazgan. Binolar ham shikastlangan.

Norvegiya boshchiligidagi NATOning Nordic Response 2024 mashg‘ulotlari 4-mart kuni boshlangan edi. Unda 14 davlatdan 20 mingga yaqin harbiy xizmatchi qatnashgan. Finlyandiyadan 4100 nafarga yaqin harbiy ishtirok etgan. Nordic Response — Shimoliy Atlantika alyansining keng miqyosdagi Stadfast Defender mashqlarining bir qismi. Mashg‘ulotlarga 50 dan ortiq kemalar, jumladan, fregatlar va suvosti kemalari, 100 dan ortiq qiruvchi samolyot, vertolyot va dronlar ham jalb etilgan.

 Hozirda ularning barchasi mamlakatni tark etgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »