Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

NATOning harbiy shtab boshlig‘i yordamchisi Gunnar Bryugner bayonot berib, blokning Steadfast Defender 2024 mashqlari Rossiyaga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilmayotganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy mashg‘ulotlar ehtimoliy mojaroning oldini olish uchun signal beradi.

“Biz hech kimga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rmayapmiz. Biz yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sharoitlarga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz... Har bir kema, samolyot, tank va askar tiyib turish uchun signal vazifasini bajaradi”, — dedi Bryugner Financial Times gazetasiga.

Foto: Google Images

U, shuningdek, NATO tashkilotida G‘arb davlatlari ko‘proq mashq qilishi kerak, degan fikr ommalashganini qo‘shimcha qildi.

Steadfast Defender mashqlari 2024 31-yanvarda boshlangan bo‘lib, 31-maygacha davom etadi. Financial Times nashrida keltirilishicha, ularda 90 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar, shuningdek 1,1 ming transport vositalari, 50 ta kema va 80 ta samolyot ishtirok etmoqda.

NATOning harbiy qo‘mitasi rahbari Rob Bauer oktyabrda aytganidek, ittifoq “Rossiyaning sharqiy hududga ehtimoliy bostirib kirishiga” qarshi javob harakatlarni mashq qiladi.

Kreml mashqlarni Rossiya uchun tahdid deb atadi. Rossiya g‘arb siyosatchilarining NATO bilan ehtimoliy to‘qnashuv haqidagi bayonotlarini iqtisodiy muammolardan diqqatni chalg‘itishga urinish deb hisoblamoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »