Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning Rossiya va Xitoy haqidagi bayonoti alyansning jahon urushini boshlash istagidan dalolat beradi. Bu haqda Global Times xabar berdi.

Foto: Associated Press

NATO bosh kotibi Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirish va uzluksiz qurol-yarog‘ bilan ta‘minlash masalalarini muhokama qilish maqsadida yaqinda AQSHga tashrif buyurdi. Bunga qo‘shimcha 60 milliard dollarlik yordam paketi ajratish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun 54,5 milliard dollarlik to‘rt yillik budjetni tasdiqlash kiradi.

Stoltenberg AQSHdagi intervyulari yoki nutqlari davomida Xitoyni bir necha bor tilga olib, uni NATO uchun “chaqiriq” sifatida ko‘rsatdi. Natijada u NATOning global kengayishiga qonuniylik izlamoqda, deb yozadi Global Times.

Stoltenberg Xitoyni “uzoq muddatli istiqboldagi eng jiddiy tahdid”, uning shimoliy qo‘shnisini esa “ularning ichida eng dolzarbi” deb atagan.

“Bu Ukrainadagi mojaroning jahon urushiga aylanishi uchun jamoatchilik fikrini tayyorlashga urinishdir”, — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Stoltenberg endi Ukrainadagi inqirozni Yevropa bilan cheklamasligi, balki uni global geosiyosiy mojaro sifatida baholashi ta’kidlanadi.

“NATO Osiyoda kengayishni boshlagach, bu nafaqat global geosiyosiy keskinlikni, balki qurollanish poygasi va mintaqaviy mojarolarning kuchayishiga ham olib kelishi mumkin. Alyans rivojlanib, kengayib borar ekan, urush xavfi muqarrar ravishda ortadi. Kengayish NATOning ichki ehtiyoji, urush esa tashqi ehtiyojdir. Urush bo‘lmasa, bu harbiy tashkilot o‘z ta’sirini yo‘qotadi. NATO aniq nishonga ega bo‘lishi kerak. Agar bunday bo‘lmasa, u yaratishi kerak”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »