Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bolaligimizdan har qanday taom non bilan mazali, degan tushuncha ongimizga singdirib kelingan. Do‘kondan xarid qilinadigan mahsulotlar ro‘yxatida esa non birinchi o‘rinda turadi. Biz un mahsulotlarini nonushtaga ham, tushlikka ham iste’mol qilaveramiz. Lekin, afsuski, bu zararli odat hisoblanadi.

Zamonaviy shifokor va diyetologlar un mahsulotlaridan asta-sekin voz kechishni tavsiya qiladi, chunki oq non tarkibi organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu qoida kepakli va jo‘xori unidan tayyorlangan nonga ham taalluqli.

Foto: iStock

Non yeyishni to‘xtatgan inson vazni, albatta, kamaya boshlaydi, bu un mahsulotlarining yuqori kaloriyali va uglevodlarga boy mahsulot ekanligi bilan bog‘liq. Shuningdek, nonning yuqori darajadagi glikemik indeksi hamda kraxmal insonga qisqa muddatga to‘yinganlik hissini beradi va ko‘p o‘tmay yana ochlik hissi paydo bo‘ladi.

Non yeyishni to‘xtatgan insonlarda hazm qilish tizimi yaxshiroq ishlay boshlaydi. Bunga sabab bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan non tarkibida bug‘doyga oq rang beruvchi benzoil perekisi, natriy sulfat va dioksid xlor mavjud. Bug‘doy yetishtirish jarayonida esa ko‘pgina fermerlar o‘simlikka pestitsid sepadi.

Foto: Shutterstock

Shu bilan birga, oq non tarkibidagi glyuten fermenti ham ichak devorlarida turli buzilishlarga olib keladi. Nonsiz taomnomani tasavvur eta olmaydigan insonlarning aksariyati yuzdagi toshmalardan shikoyat qiladi. Bunga ham glyuten sababchi. Non mahsulotlaridan to‘liq voz kechilganda yuzdagi akne kamaya boshlaydi, albatta, ushbu holat boshqa kasalliklar tufayli vujudga kelmagan bo‘lsa.

Oq non tarkibiga ahamiyat bersangiz, unda deyarli hech qanday foydali element mavjud emas. Bundan tashqari, qarish jarayonining tezlashishiga ham aynan un mahsulotlari sabab bo‘lishi mumkin. Eng yaxshi yechim — iste’mol qilinadigan non miqdorini kamaytirish va taomnomaga ko‘proq sabzavotlar, ko‘katlar, yong‘oqlar kiritish.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »